Joriy yilning 7-oktabr kuni Rishton tumani hokimligining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘ Teshaboyev tomonidan ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash haqida axborot berib o‘tildi.
Rishton tumani statistika bo‘limi.