08/10/2021

Joriy yilning 8-oktabr kuni Uchko‘prik tumaniga qarashli 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-10-0815-13-09
photo2021-10-0815-13-07
photo2021-10-0815-13-09 photo2021-10-0815-13-07

Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Yu Karimov ishtirok etdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida to‘htalib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.            

Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi.