12/10/2021

Joriy yilning 11-oktabr kuni Yozyovon tumaniga qarashli 19-“Orom” maktabgacha ta’lim muassasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot ishlari tashkil etildi.

Tadbirda tuman statistika bo‘limining bosh mutaxassisi A.Hakimov ishtirok etib,  ishtirokchilarga aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish borasida  dasturlarni tayyorlash uchun katta manbaa ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Yozyovon tumani statistika bo‘limi.