Joriy yilning 12-oktabr kuni Farg‘na shahridagi “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholiga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida to‘htalib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishiga xizmat qilishi, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Farg‘ona shahar statistika bo‘limi.