Bag‘dod tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi K.Imomov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat radiosi orqali aholini ro‘yxatga olish tadbiri bizga nima beradi? degan savolga quyidagicha javob berdi:
birinchidan, aholini ro‘yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroyenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyatga ega ekanligi, bir so‘z bilan aytganda, qaysi sohada bo‘lmasin, hatto, kelajakni bashorat qilish zarur bo‘lgan hollarda ham, aholini ro‘yhatga olish natijalarisiz ish tutib bo‘lmasligi;
ikkinchidan, undan aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari)ni hisoblashda foydalanishlari;
uchinchidan, aholi ro‘yxati respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash hamda oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qilishi;
to‘rtinchidan, mazkur ma’lumot aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Axborot xizmati.