13/10/2021

Joriy yilning 12-oktabr kuni Farg‘ona tumani hokimligining moliya bo‘limi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot ishlari o‘kazildi.

photo2021-10-1317-00-09
photo2021-10-1317-00-12
photo2021-10-1317-00-09 photo2021-10-1317-00-12

Seminarda Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Komilov ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, xususida batafsil ma'lumot olishga yordam berishi, shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblash, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi.