Oltiariq tumani statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 14-oktabr kuni 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oltiariq tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.