14/10/2021

Joriy yilning 14-oktabr kuni, Quva tumani “So‘fi” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov qatnashdi.

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Quva tumani statistika bo‘limi.