14/10/2021

Joriy yilning 14-oktabr kuni So‘x tumani 4- umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog va xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorinng mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

 

photo2021-10-1417-47-19
photo2021-10-1417-47-29
photo2021-10-1417-47-19 photo2021-10-1417-47-29

Seminar davomida tumani statistika bo‘limi tomonidan  aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshirilari haqida to‘xtalib o‘tildi.

 

So‘x  tumani statistika bo‘limi.