15/10/2021

Joriy yilning 15-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining «Narx statistikasi» bo‘limi boshlig‘i X.Mo‘minov hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Numonovalar ishtirokida Farg‘ona shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari o‘rganildi.

photo2021-10-1511-02-04
photo2021-10-1511-02-01
photo2021-10-1511-02-06

Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha shahar statistika bo‘limi narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kuzatuvlar davom etmoqda.