Joriy yilning 15-oktabr kuni 46-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olishi, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanishi va u kelgusi 10 — 30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratishi, jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini yaratilishi haqida axborot berdi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.