20/10/2021

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi  tomonidan joriy yilning 19-oktabr  kuni tumanga qarashli 55- umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan  seminar tashkil etildi.

photo2021-10-2008-34-57
photo2021-10-2008-35-00
photo2021-10-2008-34-57 photo2021-10-2008-35-00

Seminarda Farg‘ona tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan  ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Seminar so‘ngida  muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Farg‘ona  tumani statistika bo‘limi.