Joriy yilning 19-oktabr kuni barcha joylardagi kabi O‘zbekiston tumaniga qarashli “Yaypan Agro Pilla” MChJ xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 25 kun ekanligi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi kabi aniq ma’lumotlarni olish, ushbu ma’lumotlar asosida qisqa, o‘rta va uzoqqa mo‘ljallangan manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berib o‘tdi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.