Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 30-dekabrdagi 01/4-13-17/3-154-sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarori ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitsai tomonidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini tashkil etish uslubiyati takomillashtirildi hamda kuzatuv savolnomalari xalqaro standartlarga moslashtirildi. Shunga asosan 2021-yil 1-yanvar oyidan boshlab, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari to‘liq zamonaviy elektron qurilma (planshet)lar orqali amalga oshirilmoqda. Farg‘ona viloyatida 2021-yil yanvar-sentabr oylarida belgilangan tartibda 762 ta uy xo‘jaliklarida elektron qurilma (planshet)lar yordamida kuzatuvlar to‘liq olib borildi.
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.E.Tashbekov va Beshariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O. Komilovlar joriy yilning 20-oktabr kuni Beshariq tumani “Yangi Rapqon” MFY da “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvi” bo‘lim mutaxassisi R. Abdurazaqov tomonidan planshet orqali o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvini o‘tkazdilar.
Axborot xizmati.