20/10/2021

Joriy yilning 20-oktabr kuni Qo‘qon shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi  yetakchi mutaxassisi  Sh. Yusupov qarorning mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, u xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, mehnat resurslari, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha  manzilli dasturlarni ishlab chiqishda  katta  manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.