Joriy yilning 20-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X. Mo‘minov hamda Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I.Bozorboyev va yetakchi mutaxassisi O.Mirzaakbarovlar «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat va nooziq-ovqat guruhlari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlarini, shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordilar.
Bundan tashqari kuzatuv jarayonida hududdagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha statistika bo‘limi xodimlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.