21/10/2021

Joriy yilning 20-oktabr kuni Qo‘qon shahriga qarashli “Qaymoqli Guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Yusupov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash haqida axborot berib o‘tdi.

                                                                                          Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.