Joriy yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov, shu bo‘lim mutaxassisi G‘. Mamajonovlar ishtirokida Farg‘ona shahar “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inidagi A.Temur ko‘chasida joylashgan raqamlanmagan uylarning kuzatuvi olib borildi.
Bundan tashqari mahallada joylashgan ko‘chalar nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakillantrish bo‘yicha mahalla xodimlariga amaliy ko‘mak berdilar.
Axborot xizmati.