Aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqidagi tushunchalar joriy yilning 21-oktabr kuni Yozyovon tumani irrigatsiy bo‘limi xodimlari ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan tashkil etilgan o‘quv seminarida aytib o‘tildi.
Seminarni tuman statistika bo‘limining bosh mutaxassisi A.Xakimov olib bordi.
Yozovon tumani statistika bo‘limi.