22/10/2021

Beshariq tumani statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 22-oktabr kuni “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumning pedagog-xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.

photo2021-10-2217-14-18
photo2021-10-2217-14-21
photo2021-10-2217-14-15
photo2021-10-2217-14-18 photo2021-10-2217-14-21 photo2021-10-2217-14-15

Seminarda Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Abduhamitov ishtirokchilarga aholini ro‘yhatga olish 2023- yilning 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni keng va atroflicha tushuntirib berdi.

Beshariq tumani statistika bo‘limi.