28/10/2021

Joriy yilning 28-oktabr kuni Beshariq tumaniga qarashli 2-kasb-hunar maktabi jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2021-10-2815-53-19
photo2021-10-2815-53-25

Seminarda Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  A.Abduhamitov tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida  ma’lumot berildi.

 

Beshariq tumani statistika bo‘limi.