29/10/2021

Joriy yilning 29-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Beshariq tumani Xalq Demokratik Partiyasi Kengashi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-10-2915-36-57
photo2021-10-2915-37-01
photo2021-10-2915-36-57 photo2021-10-2915-37-01

Seminarda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Abduhamitov ishtirok etib, qarorning mazmun va mohiyati bilan qisqacha tanishtirib o‘tar ekan, u xususan aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar  jamiyatimizning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Beshariq tumani statistika bo‘limi.