Joriy yilning 29-oktabr kuni Oltiariq tumaniga qarashli 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi B.Siddiqov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni yig‘ishdan iboratligi haqida ma’lumot berdi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.