01/11/2021

✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha оziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 172,3 mln. AQSh dollari qiymatiga  teng  234,2  ming  tonnadan  ziyod  meva-sabzavot  eksport  qilingan. Bunda  2020-yilning  mos  davriga  nisbatan  27,0  mln.  AQSh  dollarida  o’sish kuzatilib,  18,5  % ga  o‘sdi.

👇Shundan:
🍊Meva va rezavorlar – 103,6 mln. AQSh dollari
🧅Sabzavotlar – 22,3 mln. AQSh dollari
🍇Uzum – 40,8 ming AQSh dollari
🥜Yeryong‘oq – 1,5 ming AQSh dollari
🌰Quritrilgan uzum – 1,0 mln. AQSh dollari
🍉Tarvuz va qovun – 3,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.