Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshloq tumanining Yoshlar markazida yosh tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorinng mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Axrorov tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni olishdan iboratligi haqida ma’lumot berildi.
Toshloq tumani statistika bo‘limi.