Joriy yilning 3-noyabr kuni Rishton tumaniga qarashli tibbiyot kolleji talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Rishton tumani statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi I.Karimov tomonidan aholini ro‘yxatga olish 3 bosqichda o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida ma’lumot berildi.
Rishton tumani statistika bo‘limi.