O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan joriy yilning 3-noyabr kuni Buvayda tumanidagi 15- umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi boshmutaxassisi M.Ahmadjonov qatnashib, u o‘z so‘zida, aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi haqidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash,mehnat resurslarini o‘rganish uchun katta manbaa ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Buvayda tumani statistika bo‘limi.