Joriy yilning 4- noyabr kuni, O‘zbekiston tumaniga qarashli yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev qatnashdi. U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berdi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.