Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Jumladan kuni-kecha Farg‘ona, Quvasoy shaharlari va Yozyovon tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat televideniyasiga intervyu berdilar. Intervyuda ular o‘z hududlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda korxona va tashkilotlarida mavzuga oid o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarning sifati va natijadorligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda kadastr palatasi hududiy bo‘linmalari bilan hakorlikda aholi punklarining sxematik xaritalarini qayta ko‘rib chiqish, ko‘cha nomlari va xonadonlarning raqamlanishi kabi ishlarning qay darajada amalga oshirilayotganliklari haqida so‘zlab berdilar.
Axborot xizmati.