05/11/2021

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan davlat statistika organlari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama so‘rovnomasi o‘tkazilishi munosabati bilan, Farg‘ona viloyatida 2021-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

So‘rovnomada Davlat statistika Qo‘mitasi “Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo‘yicha tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi” boshlig‘i B. Jabborov, viloyat statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi” boshlig‘i L. Yefimova, bo‘lim bosh mutaxassisi O‘. Umarov, shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  Sh. Toshmirzayev hamda kadastrlar palatasi Yozyovon tumani bo‘limining mutaxassisi R.Mahmudovlar qatnashdilar. So‘rovnomada Davlat kadastrlar palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan fuqarolar I.Chorshanbiyev va A.Meliyevlarning uy-joylari to‘laqonli o‘rganildi.

 

Axborot xizmati.