Joriy yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Quva tumani statistika bo‘limi bishlig‘i O.Pozilov ishtirokida “Nayman” MFYning sxematik xaritalarini o‘rganish jarayoni olib borildi.
O‘rganish jarayonida O.Pozilov tomonidan ko‘cha nomlari, raqamlanmagam xonadonlarning hisobini shakillantrish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berdi.
Quva tumani statistika bo‘limi.