08/11/2021

Joriy yilning 8-noyabr kuni, Toshloq tumani Davlat xizmatlari agentligida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Seminarda Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Axrorov qatnashdi.

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.