Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22- oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Shamshidinov so‘zga chiqib, u o‘z so‘zida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi, adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishi va uslubiy yordam ko‘rsatishi, korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlari o‘tkazilishi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 20- yanvarga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi, yil davomida belgilangan sohalar doirasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha «Yo‘l xarita» tasdiqlanishi, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanishi, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalarini tartibga soluvchi 75 ta qonunchilik hujjatidagi 302 ta korrupsiyaviy omillar bartaraf qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Axborot xizmati.