09/11/2021

Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan davlat statistika organlari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama so‘rovnomasi o‘tkazilishi munosabati bilan, Farg‘ona viloyatida 2021-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

photo2021-11-1008-17-45
photo2021-11-1008-17-50

So‘rovnomada  Oltiariq tuman statistika bo‘limi hamda kadastrlar palatasi Oltiariq tumani bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar. So‘rovnomada Davlat kadastrlar palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan uy-joylar to‘laqonli o‘rganildi.

 

                                                                                                Axborot xizmati.