Joriy yilning 8noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov hamda kadastr palatasi mutaxassislari ishtirokida “Rasta” mahallasining sxematik xaritasini o‘rganish jarayoni olib borildi.
O‘rganish jarayonida aholi punktlari va ko‘chalar nomi belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari ular aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning bosh maqsadi aholini farovonligini ta’minlash, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash shu va boshqa masalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordilar.
Axborot xizmati