Joriy yilning 9-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” 2021- yil 11- avgustdagi O‘RQ-707-son qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Samshidinov qatnashdi.
U o‘z sozida qonunga ko‘ra, rasmiy statistika davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iborat ekanligi, Davlat statistika qo‘mitasi sohada vakolatli davlat organi hisoblanishi, jismoniy va yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari, filiallari va vakolatxonalari) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkinligi, Qonunga ko‘ra, ko‘p yillik statistika dasturi umuman milliy statistika tizimi uchun ishlab chiqishi va rasmiy statistikaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilishi, bir yillik statistika dasturi ko‘p yillik statistika dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqilishi, ko‘p yillik statistika dasturlari Prezident tomonidan, bir yillik statistika dasturlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun taqdim etiladigan maxfiy statistika ma’lumotlari tarkibida identifikatorlar bo‘lishi mumkin emasligi, Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun e’lon qilinganligi uqtirib o‘tildi.
Axborot xizmati.