Joriy yilning 1-noyabr kunidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710- sonli qaroriga muvoffiq respublikamizning to‘rtda hududida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri, Toshkent shahrining Yashnaobod tumani va Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanlarida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘xatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazaqov, ushbu bo‘limning yetakchi mutaxassisi B.Ahadjonov hamda dasturiy texnika ta’minoti markazi 1-toifali mutaxassisi I.Qodirovlar Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida sinov tariqasida tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etmoqdalar. Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari bilan birgalikda viloyat xodimlarini guruhlarga bo‘lib, tuman mahalla fuqarolar yig‘inlarida, aholi va faollar bilan suhbatlar o‘tkazishmoqda hamda ro‘yxatga olish va instruktorlik uchastkalarida, ro‘yxatga olish xodimlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qilish jarayonlarini o‘rganmoqdalar
Axborot xizmati.