11/11/2021

✅Joriy yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan davlat statistika organlari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama so‘rovnomasi o‘tkazilishi munosabati bilan, Farg‘ona viloyatida 2021-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

photo2021-11-1209-00-10
photo2021-11-1209-00-08
photo2021-11-1209-00-05
photo2021-11-1209-00-13
photo2021-11-1209-00-10 photo2021-11-1209-00-08 photo2021-11-1209-00-05 photo2021-11-1209-00-13

So‘rovnomada Quva tumani  statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov hamda Davlat kadastrlar palatasi tuman bo‘limi xodimlari qatnashdi. So‘rovnomada Davlat kadastrlar palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan uy-joylar to‘laqonli o‘rganildi.                                                                                                                                  

Axborot xizmati.