11/11/2021

Joriy yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston tumanidagi Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

 

photo2021-11-1209-01-56
photo2021-11-1209-01-59
photo2021-11-1209-01-53

Tadbirda O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi  boshlig‘i O.Abdullayev tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1— 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida  ma’lumot berildi.

 

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.