11/11/2021

Joriy yilning 11-noyabr kuni, Beshariq tumani “Kulolobod” MFY faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-11-1209-18-10
photo2021-11-1209-18-14
photo2021-11-1209-18-10 photo2021-11-1209-18-14

Seminarda, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Komilov qatnashdi. U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, ushbu tadbirning maqsadi - mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi .

Beshariq tumani statistika bo‘limi.