Joriy yilning 15- noyabr kuni, "Farg‘ona suv ta’minot" MCHJO‘zbekiston tumani bo‘limi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev qatnashdi. U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.