16/11/2021

Joriy yilning 16-noyabr kuni Qo‘qon shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-11-1618-09-15
photo2021-11-1618-09-17

Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Yusupov ishtirok etdi. U  ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 

Qo‘qon shahar  statistika bo‘limi.