Aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqidagi ma’lumotlar joriy yilning 16-noyabr kuni Beshariq tumaniga qarashli 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan tashkil etilgan o‘quv seminarida aytib o‘tildi. Seminarni tuman statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi A.Abduhaminov olib bordi.
Beshariq tumani statistika bo‘limi.