Aholini ro‘yxatga olish jarayonining asosiy maqsadi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqidagi ma’lumotlar joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston tumaniga qarashli 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan tashkil etilgan o‘quv seminarida aytib o‘tildi. Seminarni tuman statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi J.Madrahimov olib bordi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.