18/11/2021

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qo‘qon pedagogika institutining “Uchariq”mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan maxsus sirtqi bo‘limi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining maxmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Rishton tumani statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi I.Karimov tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida  ma’lumot berildi.

Rishton  tumani statistika bo‘limi.