19/11/2021

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona  tumanida joylashgan endоkrinoligiya markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2021-11-2110-01-26
photo2021-11-2110-01-29
photo2021-11-2110-01-26 photo2021-11-2110-01-29

Seminarni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Toshbekova ochib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtalib, ushbu jarayonda olinadigan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’lumot berdi.

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi.