Joriy yilning 19-noyabr kuni Yozyovon tumaniga qarashli Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limining bosh mutaxassisi A,Xakimov ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni yagona axborot tizimiga yig‘ishdan iboratligi haqida axborot berdi.
Yozyovon tumani statistika bo‘limi.