✅Joriy yilning 22-noyabr kuni Oltiariq tumaniga qarashli 30-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oltiariq tumani statistika bo‘limining bosh mutaxassisi B.Siddiqov tomonidan aholini ro‘yxatga olish 3 bosqichda o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida ma’lumot berildi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.