23/11/2021

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 22-noyabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi  15-bolalar musiqa va san’at maktabida aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

photo2021-11-2409-12-20
photo2021-11-2409-12-18
photo2021-11-2409-12-20 photo2021-11-2409-12-18

Seminard tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ashurov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF 5655-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi. Jumladan u bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish uchun eng katta manbaa ekanligi haqida ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va to‘liq javob berildi.

 

Axborot xizmati