23/11/2021

Hammamizga ma’lum respublikamizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Huddi shunda tadbir Dang‘ara tumani statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 22- noyabr kuni 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi ishtirokida o‘tkazildi.

 

photo2021-11-2409-15-00
photo2021-11-2409-15-03
photo2021-11-2409-15-00 photo2021-11-2409-15-03

Seminarda Dang‘ara tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Abduraximov ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanishi, aholini ro‘yxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish bo‘lib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish, bu tadbir kishilar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish jarayonlarini, shuningdek demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma‘lumotlarni baholash, e‘lon qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga olishi haqida axborot berib o‘tdi.     

Dang‘ara tumani statistika bo‘limi.